Muxlisa AI

(Yordamchi-bot o'zbek tilida sinov rejimida ishlamoqda. Boshqa tillar kelgusida qo'shiladi)

Call-center:
1242 1148

  • Salom 👋
    Sizga qanday yordam bera olaman?

Xizmatlar

Foydali ma'lumotlar

Kadastr

Yo‘qolgan kadastr pasporti qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;

ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 535-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 200-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” maʼmuriy reglamentiga muvofiq bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.

Hammasini ko'rsatish
Subsidiya
Hammasini ko'rsatish