Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
  • Salom 👋
    Sizga qanday yordam bera olaman?

Xizmatlar

Foydali ma'lumotlar

Ekologiya

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464-son qarori.

Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzor va butazorlar;

temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;

shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;

tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.

Karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464-son qarori.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq, Butash deb daraxtlar va butalarning shoxlariga kerakli shakl berish, asosiy shoxning balandligini tekislash, skelet hosil qiluvchi shoxlarning bir tekisda joylashishini taʼminlash maqsadida quriyotgan, shikastlangan, asosiy shoxga qarab ichkariga yoki bir-biriga juda yaqin o‘sayotgan shoxlarni balzamik qismigacha kesib olib tashlash tushuniladi.

Hammasini ko'rsatish
eco-service.uz

eco-service.uz -bu O'zbekiston Respublikasi ekologik ekspertiza davlat markazi tomonidan taqdim etiladigan onlayn portal bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar uchun ekologik ekspertizani o'tkazish bilan bog'liq turli xil elektron xizmatlarni taqdim etish uchun mo'ljallangan.

-       Faoliyat turlari bo'yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;

-       Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog'liq xo'jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo'riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;

-       Yangi turdagi uskunalar, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarni yaratish bilan bog'liq hujjatlarni davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;

-       Tabiiy muhitga va fuqarolar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi korxonalar va boshqa obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;

-       Hududlarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat zonalari va ekologik ofat zonalari maqomini berish, ularni kompleks o‘rganish uchun materiallarga davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish;

-       Shaharsozlik hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasi.

Hammasini ko'rsatish