Muxlisa AI
(Yordamchi-bot o'zbek tilida sinov rejimida ishlamoqda. Boshqa tillar kelgusida qo'shiladi)
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022-yildagi 464-son qarori.
Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzor va butazorlar;
temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;
tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.
eco-service.uz -bu O'zbekiston Respublikasi ekologik ekspertiza davlat markazi tomonidan taqdim etiladigan onlayn portal bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar uchun ekologik ekspertizani o'tkazish bilan bog'liq turli xil elektron xizmatlarni taqdim etish uchun mo'ljallangan.
- Faoliyat turlari bo'yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;
- Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog'liq xo'jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo'riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;
- Yangi turdagi uskunalar, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarni yaratish bilan bog'liq hujjatlarni davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;
- Tabiiy muhitga va fuqarolar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi korxonalar va boshqa obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazish;
- Hududlarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat zonalari va ekologik ofat zonalari maqomini berish, ularni kompleks o‘rganish uchun materiallarga davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish;
- Shaharsozlik hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasi.