Xizmat: Avtomobillarni harid qilish uchun elektron ariza berish

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Transport
Jismoniy shaxslarga ko'rsatiladi
Avtomatik

Xizmat tavsifi

Ushbu xizmat “GM-Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtoulovlarni sotib olishni xohlovchi jismoniy shaxslar uchun mo’ljallangan. Elektron ariza xizmatidan foydalanishda bo’lajak avtoulov egasi buyurtma berilgan avtoulovning xaridi uchun tayyor shartnomani olib ketishi kerak bo’ladi.

Avtotransport vositalarini sotib olish uchun elektron ariza berish xizmatidan foydalanish uchun ariza shaklini tegishli ma’lumot bilan to’ldirishingiz kerak. Arizada shartnomani tuzgan diller, transport vositasining turi, modifikatsiyasi va rangi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Bundan tashqari, tizim yordamida avtoulovlarni sotib olish uchun navbatni kuzatib borish imkoniyati mavjud.
Buyurtmanomani rasmiylashtirish tugagandan so’ng, dillerlik vakillari murojaat etuvchi bilan bog’langan holda shartnoma tayyorligi haqida xabar beradilar.