Hurmatli foydalanuvchilar! Portal faoliyati bo'yicha texnik nosozliklar yuzasidan 1242 aloqa markaziga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Yosh ixtirochi vazirligi

Holati: Yangi   Toifasi: Taklif

BOTIROV ZAFARBEK SAIDALI O‘G‘LI
2018.10.31 09:54:30
Assalomu alaykum. Yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida yosh ixtirochilarni bir joyga to'plash zarur. Bizga yaqindan malakali mutaxasislar, professorlar va texnologiklar saboq berib o'z ixtirolarimizni kuchaytirib yangidan yangi g'oyalarni amalga oshirishga ko'maklashsalar yaxshi bo'lardi. O'zbekiston kelajagi biz yoshlar qo'lida deb o'ylayman. Shu maqsadda Yosh Ixtirochilar Vazirligi tashkil qilinsa yaxshi bo'ladi. Lekin bu vazirlikda jon jahti bilan o'z vatanini sevadigan mutaxasislar ishlashi zarur deb o'ylayman. Ixtirolar turiga qarab sinflarga bo'linishi va malum vaqt belgilanib ixtirolarni shu vaxtgacha tugatilishi nazorat qilinadi va kerakli malumotlar berib yosh ixtirochilarni o'qitilib boriladi. To'g'ri yosh ixtirochilar tanlovlari bo'lib turadi lekin ularda o'rin olish uchun qandayda bir suyanchiq dehqoncha aytganda (tanka) kerak. Ixtirolarni amalga oshirish uchun qandayda bir oliy ta'lim ustozi loyihaga boshchi bo'lishi va shunga o'xshash muammolar ko'pligidan iqtidorli yoshlar o'zlarini ko'rsatmay yurishadi. Shu taklifga e'tibor berishingizni so'rayman.
Hech nima topilmadi.