Кадастр хизмати учун тулов хакида

Holati: Muhokamada   Toifasi: Savol

KURBANOV OLIMJON SAFAROVICH
2019.01.20 12:25:49

Отамдан колган эски ховлини кадастр килдириш учун ариза берган эдим Якинда кадастр хизматидан келиб улчаб хужжат килиб беришди Хизмат хаки бир минимал ойлик тулайсиз дегани учун туладим Энди эса хужжатни руйхатдан утказиш учун яна иккинчи тулови бор дейишаяпди Шу нарса канчалик хакикатга якин Ким аникрок жавоб беради?

HUSENOV FARRUX HOMIDOVICH
2019.01.22 09:18:42

Javob Kadastr yig'majildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo'yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq qishloq joylarda qurilish osti maydoni 100 kv.metrgacha bo'lgan xonadonga xar bir kvadrat metr uchun minimal ish haqqining 1% miqdorida, 100kv.metrdan yuqorisiga bir minimal ish xaqqi miqdorida belgilanadi. Shahar va shaharga tenglashtirilgan M.F.Yig'inlarida xar bir kv.metr maydoniga minimal ish haqqining 1% miqdorida belgilanadi. To'lov “Bir oyna” bo'limi tomonidan taqdim etilgan to'lov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

HUSENOV FARRUX HOMIDOVICH
2019.01.22 09:22:34

http://lex.uz/docs/2425158

 

MAXKAMOV SHAVKAT MUSINJON O‘G‘LI
2020.08.09 12:20:17

Салом