Hurmatli foydalanuvchilar! Portal faoliyati bo'yicha texnik nosozliklar yuzasidan 1242 aloqa markaziga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Turar joyning maydoni bo'yicha ma'lumot olish !

Holati: Muhokamada   Toifasi: Xato

RAXIMOV MUROD BAXTIYOR O‘G‘LI
2020.01.22 10:35:36

Assalomu alaykum ! Hurmatli  {www.my.gov.uz} sayti xodimlari. Ushbu sayt bir qancha qulayliklar bilan ajralib qolmasdan, bir qancha xatoliklar ham uchrab turipti. Vaholanki ushbu xatolarni aytib sayt ma'muriyatini obro'sizlantirish emas balki mana shunday xatoliklarni bartaraf etmoqni joiz bildim. "Turar joyning maydoni bo'yicha ma'lumot olish" masalasida ushbu menu (Меню) ga tashrif buyurganda, hudud tanlashda noaniqliklarga duch keldim, ya'ni tuman tanlashdagi menu (Меню) da faqatgina Yunusobod tumani ko'rsatilib turipti, boshqa tumanlar mavjud emas. Iltimos ushbu xatolik yuzasidan menu (Меню) ni qayta sozlashingizni so'rayman. Hurmat bilan fuqaro

MIRMAKSUDOV MIRSAID SADIKOVICH
2020.01.27 01:00:11

Voalaykum assalom, Raximov Murod. Yagona portal xizmatlaridan foydalaningiz uchun minnatdormiz.  Turar joy maydoni bo'yicha ma'lumot olish xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan bo'lib, Toshkent shahrida faqatgina Yunusobod tumani bo'yicha xizmat ko'rsatiladi. Hozirda bu xizmatning ma'muriy reglamenti ishlab chiqilmoqda. Ma'muriy reglament tasdiqlangan so'ng xizmat butun respublika bo'yicha joriy qilinishi ko'zda tutilgan.