Xizmat: Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Ko'chmas mulk
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
ERI talab qilinadi

Xizmat tavsifi

Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan yoki bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari shart.

Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son "Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi