Call-center

1242
my.gov.uz umumiy savollar (24/7)
1148
taklif va shikoyatlar

Anomal sovuq yaqinlashmoqda. Hujjat ishlarini deb sovuqda qolishingiz shart emas!

10.01.2023

Yurtimizga anomal sovuq kirib kelayotganidan xabaringiz bor. Ayni vaqtda tashqarida oppoq qor va havo harorati -6 darajadan pasayib bormoqda.  Oppoq qor yaxshi, gʼuborlarni yoʼqotadi, turli infeksiyalarni “oʼldiradi”.

Biroq qor va sovuq havo sabab yo'llarda yuzaga kelgan tirbandliklar, sirpanchiq yoki erigan qor uyumlari ustida yurishning noqulayligi, avtobus kutib qolib, “sovuq oʼtishi” kabi koʼngilni xira qiladigan holatlar ham koʼpayadi...

Bugun yurtdoshlarimiz hujjat ishlarini deb sovuqda yurishlari shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalangan ma'qul.

Masalan, davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish  (https://my.gov.uz/uz/service/263) mumkin.

Pensionerlar va nogironlar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olishga onlayn ariza (https://my.gov.uz/uz/service/588)  topshirish imkoniyatiga ega.

Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish (https://my.gov.uz/uz/service/308), avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish (https://my.gov.uz/uz/service/640) kabi xizmatlardan onlayn foydalansalar bo‘ladi.

Onalar masofadan turib bolani bog‘chaga  navbatga qo‘yish (https://my.gov.uz/uz/service/285) va navbatni tekshirishlari (https://my.gov.uz/uz/service/265) mumkin.

Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn  ariza topshirib (https://my.gov.uz/uz/service/133) qo‘yib, FHDYga faqat to‘ydan oldin borsalar ham bo‘ladi.

Anomal sovuqdan o'zingiz va yaqinlaringizni asrang!

My.gov.uz – har qanday ob-havoda qulay!

370 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan oson va tez foydalaning!

 

Barcha yangiliklar

Uyingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz ijaraga bering

My.gov.uz dagi “Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish” xizmati tufayli koʻchmas mulkni uydan chiqmagan holda ijaraga berish mumkin.

27.01.2023
Avtotransport boshqaruvi uchun ishonchnomani o'zingiz osongina rasmiylashtirib oling

Hozirgi kunda avtotransport boshqaruvi uchun ishonchnomani my.gov.uz orqali 5 daqiqada rasmiylashtirib olish mumkin.

23.01.2023
Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz da arzonga tushadi!

Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilinganidan xabaringiz bor.

16.01.2023
Anomal sovuq yaqinlashmoqda. Hujjat ishlarini deb sovuqda qolishingiz shart emas!

Yurtimizga anomal sovuq kirib kelayotganidan xabaringiz bor. Ayni vaqtda tashqarida oppoq qor va havo harorati -6 darajadan pasayib bormoqda. Oppoq qor yaxshi, gʼuborlarni yoʼqotadi, turli infeksiyalarni “oʼldiradi”.

10.01.2023
Diqqat, eʼlon!

“Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ tomonidan navbatdagi texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2023-yil 6-yanvardan 7-yanvarga o‘tar kechasi soat 01:00 dan 04:00 ga qadar my.gov.uz tizimida vaqtincha uzilish kuzatilishi mumkin.

06.01.2023