Call-center

1242
my.gov.uz umumiy savollar (24/7)
1148
taklif va shikoyatlar

“Obod yurtim” aksiyasi

21.03.2023

Barchaga yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam muborak, azizlar!

Bahor fasli nafaqat bayramlari, balki milliy qadriyatlari – hasharlari bilan ham go‘zal.

Siz – toza havodan nafas olishni, toza suv ichishni va ozoda joylarda yashashni istaysizmi? Nega unda bunga harakat qilmasligimiz kerak, yurtdoshlar?!

Shu bugundan yurtimiz tozaligiga befarq bo‘lmagan, bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishni istagan vatandoshlarimizni "Obod yurtim" sovrinli aksiyamizda ishtirok etishga chorlaymiz.

Ishoning, vaqtingiz behuda o‘tmaydi.

Yurtimizdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissangizni qo‘shing va sovg‘alarimizdan birini qo‘lga kiriting.

G‘oliblarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda.

Aksiyada qatnashish shartlari:

1. my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘ting

2. Telegramdagi @mitcuz va @mygovuz kanallariga obuna bo‘ling

3. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shgan video olib, uni @mygovuztanlovbot orqali bizga yuboring

Tasvirga olgan videoingizni ijtimoiy tarmoqlar orqali #obodyurtim #ободюртим xeshtegi bilan do‘stlaringizga ulashib, ularni ham ushbu xayrli tadbirga jalb eting.

Aksiya g‘oliblari shu yilning 20-aprel kuni tasodifiy tanlash usuli bilan aniqlanadi va keng ommaga e’lon qilinadi.

Aksiyada ishtirok etish!

Aksiyada ishtirok etish bo‘yicha video qo‘llanma bilan tanishish!

Barcha yangiliklar

“Obod yurtim” aksiyasi

Barchaga yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam muborak, azizlar! Shu bugundan yurtimiz tozaligiga befarq bo‘lmagan, bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishni istagan vatandoshlarimizni "Obod yurtim" sovrinli aksiyamizda ishtirok etishga chorlaymiz.

21.03.2023
Firma yoki korxona bankrot yoki bankrot emasligini my.gov.uz orqali tekshirib koʻring

Jismoniy shaxslar turli holatlarda firma va korxonalar bilan shartnomalar imzolashlariga toʻgri keladi.

09.03.2023
Eʼlon!

«Veolia Energy Tashkent» XK MChJ server uskunalarida texnik ishlar amalga oshirilishi

28.02.2023
Imtiyozli transport kartasini my.gov.uz orqali oling!

Buning uchun my.gov.uz dagi “Shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini rasmiylashtirishga ariza berish” xizmatini tanlaysiz.

27.02.2023
Ko‘chmas mulk bo‘yicha aholimiz uchun yaxshi qulaylik

Avvallari uy-joy, yer-mulk hujjatlari bilan bog‘liq muammolar eng og‘riqli nuqtamiz edi. Bitta mulkka ikkita ega chiqib qolishi holati ham ko‘pchilikni qiynardi.

09.02.2023