Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha elektron ariza yuborish xizmati vaqtincha toʼxtatildi

2019-06-23 23:25:00

Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha taʼlim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qoʼyishda maxsus hisobga qoʼyish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.
Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni koʼrsatishda inson omilini butunlay yoʼq qilish va toʼliq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.
Shu bois, “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish” va “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha elektron ariza yuborish” davlat xizmatlarini Yagona portal orqali koʼrsatish vaqtincha toʼxtatiladi.