Birqancha xizmatlar vaqtincha o'chirildi!

2020-01-03 09:00:00

2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim funksiyalari va vakolatlari tegishli davlat organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazilishi munosabati bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi o‘rinlarda - Yagona portal) quyidagi xizmatlar vaqtincha o‘chirildi:
1) Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
2) Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
3) Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsatnoma;
4) Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana savdosi uchun litsenziya berish;
5) Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarining o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son qarori.
Bugungi kunda, tegishli davlat boshqaruvi organlarining idoraviy axborot tizimlarini Yagona portalga ulash bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirilmoqda. Texnik ishlar yakunlanganidan so‘ng davlat xizmatlaridan Yagona portalda foydalanish imkoni bo‘ladi.