image

My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

16.04.2024

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi.

Endilikda imtiyozga ega shaxslar tibbiyot tashkilotlarining ularga koʻrsatgan tibbiy xizmatlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplangan mablagʻlar haqida toʻliq maʼlumotlarni onlayn tarzda olishlari va bu orqali jamoatchilik nazoratini oʻrnatishlari mumkin. 

Buning uchun my.gov.uz portaliga kirib, “Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxsga elektron yoʻllanma asosida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar maʼlumoti” ni olishga soʻrov yuboriladi

Ota-onalar ham ushbu xizmat orqali farzandlariga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar haqida toʻliq maʼlumot olish imkoniyatiga ega. 

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi (VTEK) server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli my.gov.uz orqali nogironlik bo'yicha ko'rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

19.07.2024
Test sinovi natijalarini my.gov.uz orqali tez va oson tekshiring!

Shu kunlarda oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o'qishga kirish uchun test sinovlari o'tkazilmoqda. Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini my.gov.uz dagi "Abituriyent test sinovlari natijasi bilan tanishish" xizmati orqali bepul tekshirishlari mumkin.

16.07.2024
Hurmatli foydalanuvchi! Avtomobil sotib oldingizmi yoki endi xarid qilish niyatidamisiz?

Unda Sizga quyidagi qo'llanmamizdan foydalanishni taklif etamiz.

15.07.2024
Yangilangan MyGov mobil ilovasi!

Siz hali ham yangilangan MyGov ilovasini yuklab olmadingizmi?

11.07.2024
Abituriyentlar diqqatiga! Ruxsatnomalar tayyor!

2024-2025-o'quv yilida oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish boshlandi!

11.07.2024