image

Siz kutgan yangilik!

02.07.2024

Endi yangi haydovchilik guvohnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin! 
 
Nazariy va amaliy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtdingizmi? 

 Tabriklaymiz! Endi yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun tegishli tashkilotlarga sarson boʻlib borib yurmaysiz.
 
 My.gov.uz orqali bu jarayon yanada oson va qulay boʻldi!
 
 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.
 
 Tayyor guvohnomani, istasangiz, oʻzingizga eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali uyingizda qabul qilib oling!
 
 my.gov.uz orqali tez, qulay va zamonaviy boʻlgan ushbu imkoniyatdan foydalanib, vaqtingizni tejang! Arizani istalgan vaqtda bir nechta tugmalarni bosish orqali oson toʻldiring.
 
 Hatto murojaatingiz holatini ham real vaqtda kuzatib borishingiz mumkin.

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi (VTEK) server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli my.gov.uz orqali nogironlik bo'yicha ko'rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

19.07.2024
Test sinovi natijalarini my.gov.uz orqali tez va oson tekshiring!

Shu kunlarda oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o'qishga kirish uchun test sinovlari o'tkazilmoqda. Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini my.gov.uz dagi "Abituriyent test sinovlari natijasi bilan tanishish" xizmati orqali bepul tekshirishlari mumkin.

16.07.2024
Hurmatli foydalanuvchi! Avtomobil sotib oldingizmi yoki endi xarid qilish niyatidamisiz?

Unda Sizga quyidagi qo'llanmamizdan foydalanishni taklif etamiz.

15.07.2024
Yangilangan MyGov mobil ilovasi!

Siz hali ham yangilangan MyGov ilovasini yuklab olmadingizmi?

11.07.2024
Abituriyentlar diqqatiga! Ruxsatnomalar tayyor!

2024-2025-o'quv yilida oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish boshlandi!

11.07.2024