image

Yangi oyni yangilangan MyGov mobil ilovasi bilan boshlaymiz!

04.07.2024

Endi ilovada nimalar o'zgardi?

Soliqdan qarzi mavjud yoki yo'qligi, doimiy yashash manzili to'g'risidagi ma'lumotnomalarni shaxsiy kabinetdan osongina yuklab olish mumkin bo'ldi.

"Vidjet" konstruktori yordamida soliq majburiyatlaringizni doimiy nazorat qila olasiz.

Ilovadan foydalanmayotgan paytda "Xavfsizlik" bo'limi orqali avtomatik qulflash imkoniyati mavjud.

Siz uchun taqdim etilgan xizmatlar natijasini baholash, taklif va izohlaringizni qoldirish imkoniyati ham yaratildi.

my.gov.uz yordamida hayotingizni osonlashtiring!

Hoziroq mobil ilovani yuklab oling: Android / iOS
 

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi (VTEK) server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli my.gov.uz orqali nogironlik bo'yicha ko'rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

19.07.2024
Test sinovi natijalarini my.gov.uz orqali tez va oson tekshiring!

Shu kunlarda oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o'qishga kirish uchun test sinovlari o'tkazilmoqda. Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini my.gov.uz dagi "Abituriyent test sinovlari natijasi bilan tanishish" xizmati orqali bepul tekshirishlari mumkin.

16.07.2024
Hurmatli foydalanuvchi! Avtomobil sotib oldingizmi yoki endi xarid qilish niyatidamisiz?

Unda Sizga quyidagi qo'llanmamizdan foydalanishni taklif etamiz.

15.07.2024
Yangilangan MyGov mobil ilovasi!

Siz hali ham yangilangan MyGov ilovasini yuklab olmadingizmi?

11.07.2024
Abituriyentlar diqqatiga! Ruxsatnomalar tayyor!

2024-2025-o'quv yilida oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish boshlandi!

11.07.2024