Yagona portal Sizga arizangiz holati o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar beradi

2020-05-03 21:05:00

Hozirgi zamonda interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishda mobil servislarni joriy etilishi dolzarbdir, sababi aynan mobil telefonlar deyarli doim insonning yonida bo‘ladi. Shu sababli Yagona portalda SMS-xabardor qilish yangi funksiyasi ishga tushirildi.

📩 SMS-xabardor qilish funksiyasiga ulanishda Sizning arizangiz holati bilan bog‘liq o‘zgarishlar Sizga SMS-xabarlar orqali yetkaziladi.

✅ Tegishli davlat tashkilotining ariza bo‘yicha olib borilgan ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, Sizga uni ko‘rib chiqish natijasiga bog‘liq SMS-xabar keladi.

👉 Xizmat narxi- 1 sms uchun 40 so‘m.

my.gov.uz - elektron davlat xizmatlari Siz o‘ylagandan ham osonroq!