image

Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi

20.08.2020

Aholiga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ishlar to‘xtamaydi. Bu safar tadbirkorlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.

Yagona portalda ishga tushirilgan xizmatlar evaziga xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni qo‘shib yuborish va aksiyalarni sotib olish bo‘yicha bitimlarga ruxsat olish tartibi ancha soddalashtirildi.

Xizmatdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

  • faoliyat turlari haqida ma’lumot;
  • moliyaviy hisobot;
  • shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar.

Siz deyarli maqsadga erishdingiz, maydonchalarni to‘ldirgandan so‘ng, operatsiyani ERI kaliti bilan tasdiqlash kerak bo‘ladi holos.

Ruxsatnomani olish uchun kutish muddati - 10 kun.

Xizmatni ko‘rsatish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.

Xizmatlarga o‘tish uchun havolalar:

Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish (xizmat yuridik va jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi) - https://my.gov.uz/oz/service/355

Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish (xizmat faqat yuridik shaxslar uchun taqdim etiladi) - https://my.gov.uz/oz/service/354

My.gov.uz - davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning!

Barcha yangiliklar

My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024
My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024