image

Nodavlat ta’lim muassasalarining tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatishi huquqiga litsenziya olish

21.09.2020

Yagona portalda nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatishi huquqiga yangi litsenziya olish imkoni mavjud.

Ariza berish uchun Sizdan quyidagilar talab etiladi:

  • Yagona portalga yuridik shaxs sifatida o‘tish;
  • “Litsenziyalash” bo‘limida mazkur xizmatni topish;
  • kerakli qadamlarni amalga oshirish;
  • idora javobini kutish.

Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im va litsenziya berganlik uchun o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Shuningdek, Siz Yagona portal orqali nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatishi huquqiga olingan litsenziyani qayta rasmiylashtirishingiz mumkin.

Barcha yangiliklar

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024