Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashash muddatini ko‘rstuvchi maʼlumotnoma

2020-11-09 18:00:00

Sizga doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashash muddatini ko‘rsatuvchi maʼlumotnoma kerakmi va Siz ushbu xizmatni my.gov.uz olishingiz mumkinmi deysizmi?

Buning uchun siz Yagona portalda ro‘yhatdan o‘ting, “Maʼlumotnomalar” turkumida “Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashayotgan muddati ko‘rsatilgan maʼlumotnoma” xizmatini toping va so‘rov yuboring. Yagona portal avtomatik ravishda maʼlumotnoma sifatida yuklab olish mumkin bo‘lgan maʼlumotlarni taqdim etadi.

Bunday qulay imkoniyatni taqdim etuvchi xizmat Elektron hukumat loyihalarni boshqarish markazi, Yagona integrator UZINFOCOM va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Xizmat avtomatlashtirilgan va onlayn tarzda taqdim etiladi. Eng asosiysi - xizmat bepul.

Elektron xizmatlar Yagona portal bilan yana-da qulay!

Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/view/367