🟡 Hukumat qaroriga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
🧑💻 Xodimlar imzolangan elektron mehnat shartnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.
✅ Barcha ish beruvchilar YAMMT platformasi orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzishi va unda qog‘oz shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
❗️ Davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamda shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno.