DSQ tizimida rejalashtirilgan texnik ishlar

2021-05-28 16:10:00

Vazirlar Mahkamasining "Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 359-son qarori ijrosi yuzasidan Soliq qo‘mitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga elektr tarmog‘ini o‘tkazish, montaj qilish va sozlash ishlarini bajarish maqsadida, 2021-yil 28-may kuni soat 23:00 dan boshlab, 30-may kuni soat 23:59 ga qadar profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi.

Bu vaqt oralig‘ida soliq organlari tomonidan taqdim etilayotgan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!