Hurmatli foydalanuvchilar! Portal faoliyati bo'yicha texnik nosozliklar yuzasidan 1242 aloqa markaziga murojaat qilishingizni so'raymiz.
image

Xorijga chiqish pasportini oson rasmiylashtirish yo‘li

12.07.2021

Xorijga chiqish pasportini oson rasmiylashtirish yo‘li

Bilamizki, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda OVIR stikerlarini berish to‘xtatilib, chet elga sayohat qilish, o‘qish yoki biznes uchun chiqmoqchi bo‘lganlarga yangi biometrik pasport taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu pasportning 10 yil davomida amal qilishi xorijga tez-tez borib turadigan fuqarolarimiz uchun katta yengillik bo‘ldi. Bundan tashqari, pasport xalqaro standartlarga ham javob beradi.

Joriy yilning 1 may sanasidan esa fuqarolarimizga yana bir qulaylik yaratildi. Prezident farmoniga muvofiq, chet elga chiqish imkoniyatini beruvchi biometrik pasportni olish va davlat bojini elektron shaklda to‘lash uchun YaIDXP orqali ham ariza qabul qilish mumkin bo‘ldi. 

Endi my.gov.uz bilan sayohat qilish orzusi tezroq ushaladi.

Barcha yangiliklar

My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024
Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi

Mazkur talabdan kelib chiqib My.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi

11.03.2024
My.gov.uz portali orqali 2 ta yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

2024-yil 1-mart sanasidan boshlab My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi

04.03.2024
Endi barcha fanlardan milliy sertifikat olish mumkin

My.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.

22.02.2024
Yana bir yangi xizmat!

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun My.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

13.02.2024