image

Kredit tarixingiz haqida bir zumda batafsil ma’lumot oling

16.07.2021

Kredit tarixingiz haqida bir zumda batafsil ma’lumot oling

Kredit tarixi o‘zi nima?

Kredit tarixi umr davomida bir marta bo‘lsa ham banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing kompaniyalari, maishiy texnika, mebel va shu kabi do‘konlarning kredit xizmatlaridan foydalangan har qanday insonda mavjud.

Kredit tarixi – bu Sizning qayerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday to‘laganingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumot, ya’ni bu Sizning qarz oluvchi sifatida moliyaviy intizomingiz aksidir.

Bu nima uchun kerak?

Kredit tarixiga asosan, qarzdorlarning moliyaviy holati, shuningdek, qarzni qaytara olish qobiliyati baholanadi, shuningdek, qarzdorlarning baholash reytingi tizimi (skoring) shakllanadi.

Kredit skoringi — bu Sizning kreditni to‘lay olish qobiliyatingizni ball berish orqali baholash tizimi. Sizga beriladigan ballar muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, daromadlar, faoliyat turi, yosh va turmush holati va boshqa shu kabi omillarga bog‘liqdir.

Muhim! Skoring balini oshirish uchun o‘z kredit tarixingizni kuzatib borishingiz, qarz yuki hajmini ko‘paytirmasdan, majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarib borishingiz zarur.

Skoring bali qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit va kredit mahsulotlarini olish bo‘yicha imkoniyat shunchalik baland bo‘ladi.

Kredit tarixingizni Yagona portal (my.gov.uz) orqali olish imkoniyati mavjudligidan xabardormisiz?

Buning uchun Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz kifoya. Portalga kirib, “Kredit tarixini olish” bo‘limiga o‘tasiz.

Bir nechta qadamdan keyin sizga olgan kreditlaringiz haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

Muhim! Siz hech qanday sabablarni ko‘rsatmasdan, yiliga faqat bir marta tekinga va istalgancha pullik asosda o‘z kredit tarixingiz to‘g‘risidagi ma’lumotni olish huquqiga egasiz.

Sizga hatto kredit oluvchi sifatida baho ham qo‘yiladi. Agar yaxshi bahoga ega bo‘lsangiz, kelgusida yana kredit olishingizda banklar sizga ishonch bilan qarashadi, aksi bo‘lsa...

Barcha yangiliklar

My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024
My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024