Emlanganlikni tasdiqlovchi elektron sertifikatni qanday olish mumkin?

2021-08-17 09:00:00

Emlanganlikni tasdiqlovchi elektron sertifikatni qanday olish mumkin?

Agar biz jamoat joylariga bexavotir borishni, sayohatlarga xotirjam chiqishni, avvalgi go‘zal turmush tarzimizga qaytishni istasak, avvalo, koronavirusga qarshi emlanishimiz zarur!

Axir, virusdan himoyalanish va uni yengishning eng ishonchli usuli vaksinatsiyadir!

Yagona portal orqali “Koronavirusga qarshi emlash”ga elektron tarzda navbatga turish va emlash to‘liq yakunlangach tegishli sertifikatni yuklab olish yanada ishonchli hamda xavfsizdir.

COVID-19ga qarshi emlash bosqichlaridan to‘liq o‘tgan shaxslar maxsus sertifikat bilan davlat muassasalari, restoran va ommaviy tadbirlarga tashrif buyurishlari mumkin.

Shu o‘rinda yana bir qulaylik yaratilgani haqida xabar bermoqchimiz:

Endilikda mazkur xizmatdan my.gov.uz mobil ilovasi orqali ham foydalanib, istalgan vaqtda navbatga yozilish va elektron sertifikatni yuklab olish imkoniyati mavjud.