Saylov uchastkangizni bilasizmi?

2021-10-10 09:00:00

Saylov uchastkangizni bilasizmi?

Yagona portalda prezidentlik saylovlarida qaysi saylov uchastkasidan ovoz berish mumkinligini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

Buning uchun https://my.gov.uz/uz/election havolasiga o‘tib, bo‘sh bandlarga pasport seriyangiz va tug‘ilgan sanangizni kiritasiz.

Bordi-yu, saylov uchastkangiz noto‘g‘ri chiqsa, portalga joylashtirilgan manzilli xaritadan foydalangan holda o‘zgartirishga onlayn ariza yuborish imkoni ham mavjud.