image

Siz kutgan yangilik!

12.10.2021

Siz kutgan yangilik!

Haydovchilik guvohnomasini olishni istaganlar uchun qulaylik yaratildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi “Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish” davlat xizmati ishga tushdi.

https://my.gov.uz/oz/service/482

Ushbu xizmat orqali fuqarolar haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, o‘z hujjatlarini Ichki ishlar vazirligining hududiy Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga yuborishadi.

Talab etiladigan hujjatlar:

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

  • 083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
  • Portal orqali ariza yuborilgach, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari fuqaroga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirib, nazariy va amaliy imtihonlarga kirishga ruxsat berishadi.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanilganda 10% chegirma tufayli 24300 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

Barcha yangiliklar

My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024
My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024