Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

2021-11-18 10:00:00

Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

“Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi

Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

  • 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
  • 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
  • 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil sentyabrgacha;
  • 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.

Ilgari 2021-yil 31-dekabrgacha almashtirish majburiy edi.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.