Hurmatli foydalanuvchilar! Portal faoliyati bo'yicha texnik nosozliklar yuzasidan 1242 aloqa markaziga murojaat qilishingizni so'raymiz.
image

Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar my.gov.uz orqali beriladi

20.11.2021

Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar my.gov.uz orqali beriladi

Hukumat qarori (693-son, 19.11.2021-y.) bilan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ma’muriy reglamentga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar faqat DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

  • urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
  • halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
  • respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
  • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;
  • yoshga doir pensiya oluvchilar.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) beriladi.
Yo‘llanmalar faqat ularda ko‘rsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi.

Yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.

Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Bitta yo‘llanma bilan bittadan ortiq kishi (jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.

Qarorga ko‘ra shuningdek, “Elektron sanatoriy” platformasi ishlab chiqiladi. Bunda:

  • sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholi elektron axborot tizimi orqali hisobga olinadi;
  • yo‘llanmalar bo‘yicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlar joriy etiladi.

Barcha yangiliklar

My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024
Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi

Mazkur talabdan kelib chiqib My.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi

11.03.2024
My.gov.uz portali orqali 2 ta yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

2024-yil 1-mart sanasidan boshlab My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi

04.03.2024
Endi barcha fanlardan milliy sertifikat olish mumkin

My.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.

22.02.2024
Yana bir yangi xizmat!

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun My.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

13.02.2024