Hurmatli foydalanuvchilar! Portal faoliyati bo'yicha texnik nosozliklar yuzasidan 1242 aloqa markaziga murojaat qilishingizni so'raymiz.
image

«O‘zarxiv» xizmatlari elektronlashmoqda

18.01.2022

Bugun yurtimizda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar qilinmoqda.

Xususan, arxiv va ish yuritish sohasining raqamlashtirish jarayonlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. Quyida natijalar tahliliga e’tiboringizni qaratamiz.

2021-yilda Agentlik tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 26,8 milliardni tashkil etgan. Yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 830 ta, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 690 ta, «ishonch» telefoni orqali 8 ta, yozma tarzda 132 ta murojaat kelib tushgan.

Respublika davlat arxivlariga esa jami 4 ming 128 ta murojaat yo‘llanib, ular o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, 2021-yil davomida davlat arxivlariga 129 ming 409 ta mavzuli, 633 ming 293 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar yuborilgan. Shundan 72 foiz ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan.

Arxiv hujjatlari asosida ko‘rib chiqilgan so‘rovlarning 94 foizi ijobiy hal etilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taalluqliligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar 29,5 foizni tashkil etgan.

«O‘zarxiv» agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2021-yil davomida 168 ta tashkilot va korxonalarda nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, ular yuzasidan 45 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 3 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

My.mehnat.uz tizimi bilan «Arxiv ishi» yagona axborot tizimi integratsiya qilinishi tufayli Ish stajini tasdiqlash xizmati ishga tushirildi. Tizim Elektron hukumatning Yagona idoralararo integratsion platformasiga (my.archive.uz «O‘zarxiv» agentligi) muvaffaqiyatli ulandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilib, 209 ming saqlov birligida qog‘oz asosidagi 13,7 million kadr (rejaga nisbatan 114 %) elektron nusxalari yaratildi, alohida qimmatli hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish ko‘rsatkichi 37,7 foizga yetkazildi.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash va «Mavzuli so‘rovlarni ijro etish» davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha elektron xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ishga tushirildi hamda sud qarorlari bo‘yicha davlat arxivlaridan ma’lumotnomalarni olish yuzasidan E-XSUD  tizimi bilan integratsiyalashuvi yo‘lga qo‘yildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Yagona billing tizimi integratsiya qilinib, Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar bo‘yicha onlayn to‘lov tizimlari joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlar internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, shundan 68 foizi optik tolali internet tarmog‘i bilan ta’minlandi.

Bugungi kunda «Arxiv ishi» yagona axborot tizimi takomillashtirilib, davlat arxivlari saqlanayotgan shaxsiy tarkibga oid fondlarni qamrab olgan 80 mingdan ziyod ma’lumotlar bazasi shakllantirildi va u doimiy tarzda yangilanib borilmoqda.

Barcha yangiliklar

My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024
Endilikda pedagogik faoliyatni boshlayotgan kadrlar kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi

Mazkur talabdan kelib chiqib My.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi

11.03.2024
My.gov.uz portali orqali 2 ta yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

2024-yil 1-mart sanasidan boshlab My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi

04.03.2024
Endi barcha fanlardan milliy sertifikat olish mumkin

My.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.

22.02.2024
Yana bir yangi xizmat!

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun My.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

13.02.2024