image

Yagona portal orqali fuqarolar o‘zlariga hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin

02.04.2019

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida” qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda elektron shaklda taqdim etilishi o‘rnatilgan.
     Shundan kelib chiqib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan reyestridan olish xizmati ishga tushirildi.

     Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolaga o'ting: https://my.gov.uz/oz/accrued-wages/

Barcha yangiliklar

My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024
My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024