Call-center 24/7 tartibda
1242
my.gov.uz umumiy savollar
1148
taklif va shikoyatlar

Yana 3 ta yangi xizmat: imtiyoz, imkoniyat va qulayliklari bilan!

01.08.2022

My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir uchta elektron davlat xizmati ishga tushirildi. Davlat tomonidan yiliga 500 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlarga:
- kasbga o‘qitish;
- o‘qish davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash;
- asbob-uskunalar va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya ajratiladi.

Nogironligi bo‘lgan har bir yosh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha ajratiladi. Talabgor ushbu imtiyozdan foydalanish uchun hech qayerga bormaydi. My.gov.uz orqali masofadan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuboradi. Subsidiya ajratilishi bo‘yicha xabarnoma ham belgilangan muddatda onlayn taqdim etiladi. Istalgan xorijiy til yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha, shuningdek, kasbga o‘rgatish hamda IT yo‘nalishidagi o‘quv kurslari to‘lovlari uchun ham subsidiya olish mumkin.

Хizmatlardan onlayn foydalaning va bizni kuzatishda davom eting!

Barcha yangiliklar

Abituriyentlar diqqatiga!  My.gov.uz orqali imtihonga kirish ruxsatnomalarini yuklab oling!

Abituriyentlar diqqatiga!  My.gov.uz orqali imtihonga kirish ruxsatnomalarini yuklab oling!

04.08.2022
Yana 3 ta yangi xizmat: imtiyoz, imkoniyat va qulayliklari bilan!

My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir uchta elektron davlat xizmati ishga tushirildi.

01.08.2022
Diqqat, eʼlon!

Ichki ishlar vazirligidagi markaziy server qurilmalarida navbatdagi profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 22-iyul kuni my.gov.uz portalidagi eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatini ko'rsatishda vaqtinchalik uzulishlar kuzatilishi mumkin.

22.07.2022
Abituriyentlar, vaqt oz qoldi! Shoshiling

Hukumat qarori bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul muddati uzaytirilib, abituriyentlarni my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish (https://my.gov.uz/uz/service/259) ham joriy yilning 27-iyuliga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadigan bo‘ldi.

20.07.2022
“E-Kontrakt” - tizimida profilaktika

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “E-Kontrakt” axborot tizimida tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yilning 10-iyul kuni soat 9:00 dan 13:00gacha my.gov.uz portalidagi «Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish» elektron xizmati ishchi faoliyatida bo‘lmaydi.

08.07.2022