Toshkent viloyatida Tomorqasi mavjud Toshkent shahar fuqarolariga shaxsiy transport vositasidan foydalanishga ruxsat berish to'g'risida

Статус: Закрытый   Категория: Предложение

HAQQULOV ABDULAZIZ MUXAMMADALI O‘G‘LI
2020.04.15 07:10:33

Assalomu aleykum! Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan tomorqadan unumli foydalanish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi ya'ni vaqt bizni kutib o'tirmasligi, hozirgi pandemiya sharoitida ekin ekmasdan uyda o'tirish keyinchalik nafaqat tashqi bozorda balki ichki bozorda ham oziq-ovqat mahsulotlarining taqchilligiga olib kelishi aytib o'tildi. Bunday holat keyinchalik yuzaga kelmasligi uchun hozirdan karantin qoidalariga amal qilgan holda tomorqa va dalalarda ishlashimiz lozimligi Prezidentimiz tomonidan ta'kidlab o'tildi. Prezidentimiz bergan ko'rsatmalarini bajarish uchun xalqimiz ishlashga tayyor, ammo ba'zi muammolar mavjud jumladan:

1) Ko'pchilik tomorqasi mavjud fuqarolar shaharda yashaydi, ammo tomorqasi boshqa joyda joylashganligi (masalan: Toshkent shahar fuqarolarining Toshkent viloyatining qaysidir joyida ma'lum miqdorda yerlari bor) va karantin qoidalarida ushbu fuqarolar o'z shaxsiy avtomobillaridan foydalana olmaganligi sababli u tomorqasiga bora olmaydi natijada hech qanday ekin ekilmaydi. Bu esa tomorqadan unumli foydalanmaganlikka olib keladi.

2) O'zlidep siyosiy partiyasi tomonidan ilgari surilgan (tomorqadan unumli foydalanmaganlik uchun 2 baravar yer solig'i qonun loyihasi) taklifi natijasida imkonsiz fuqarolarga jabr bo'ladi.

Taklif:

Toshkent va boshqa shaharlarda yashovchi  ammo kamida 5 sotixli tomorqasi shahar tashqarisida bo'lgan fuqarolarga haqiqatdan ham borligini tasdiqlovchi hujjat yordamida o'z shaxsiy transport vositalaridan manzilli foydalanishga ruxsat berish lozim. 

 

SAYNAVIYEV BEXZOD DAVLAT O‘G‘LI
2020.04.15 07:20:43

Taklifalariga qo'shilaman, bizda ham shunday muammo!

TOPILDIYEV JAXONGIR MIRSHOXIDOVICH
2020.04.16 12:12:33

Assalomu aleykum, bu masala bizning vakolatimizga kirmaydi. Bu masala bo'yicha shu sohadagi vakolatli organlarga murojaat qilganingiz maqsadga muvofiq.

RAXMANKULOV AZIZBEK ABDUGANIYEVICH
2020.04.20 02:47:43

Таклифларига қўшиламан

Лекин бу масала билан кимга мурожаат этишимиз керак???

6 сотих еримга карошка бодринг помидор ва салатлар экганман. Товуқ сотиболиб танишимни уйига обориб қўйганман.

 

SADULLAYEV BOBUR NURQOSIM O‘G‘LI
2021.01.15 11:49:29

Assalomu aleykum, bu masala bizning vakolatimizga kirmaydi. Bu masala bo'yicha shu sohadagi vakolatli organlarga murojaat qilganingiz maqsadga muvofiq.