Hurmatli fuqarolar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining yangi talqini ishga tushirilganligi munosabati bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi "Murojaatlarni ko'rib chiqish" xizmati bo‘yicha arizalar qabul qilish to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Manzil:


100017, Toshkent shahri, A.Qodiriy ko'chasi, 2-uy.

Telefon: +99871 234-6205
Veb sayt: minsport.uz
E-mail info@minsport.uz
Hududiy bo`linma nomlanishiManzilTelefonElektron pochta 
Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi

100000, Toshkent shahri, Mustaqilllik maydoni - 5

+99871 239-47-58frds2015@umail.uzKo`rib chiqish
Funksiyalar Vazifalar


Qo‘mita yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

b) sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar tashkil etilish;

v) bolalar sportini rivojlantirish, bolalar sporti ta’limi sifatini oshirish, bolalar sport ob’ektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning barkamolligini ta’minlash;

g) iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasini va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish;

d) mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar qo‘llanilishiga qarshi kurash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;

ye)jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, mahalliy sport uskunalari va inventar ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish;

j) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash;

z) sport sohasida davlatlararo va xalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etish, ommabop sport dasturlari tashkil etilishiga ko‘maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlarni nashr etish va mavzuli video- va kino materiallar yaratish.


Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:



jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishdan bahramand qilishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakatning sport yutuqlarini ommalashtirishga va xalqaro sport maydonida keng e’tirof etilishiga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda shaharlar va tumanlarda sport-ommaviy tadbirlarni, xalq o‘yinlari va sportning milliy turlari bo‘yicha musobaqalarni muntazam ravishda o‘tkazgan holda aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, keksa kishilar, qishloq aholisi orasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish;

bolalarni, ayniqsa qiz bolalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish yo‘li bilan bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, bolalar sporti ta’limi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, shu jumladan qishloq tumanlarida va chekka tumanlarda bolalar sport ob’ektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, «Umid nihollari, «Barkamol avlod» va «Universiada» musobaqalarining uch bosqichli tizimi o‘yinlari o‘tkazilishini tashkil etish, shu asosda bolalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning barkamolligini ta’minlash;

Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan birgalikda iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasini va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar qo‘llanilishiga qarshi kurash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;

ommaviy, bolalar va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlarining, ob’ektlar va inshootlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, ulardan eng ko‘p darajada va samarali foydalanishni ta’minlash, respublikada sport uskunalari va inventari ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishida ishtirok etish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash;

sport sohasida davlatlararo va xalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etish, ommabop sport dasturlari tashkil etilishiga ko‘maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlarni nashr etish va mavzuli video va kino materiallar yaratish.

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt
Shaakram Xalmatovich Isroilov

Vazir

Seshanba

9:00-12:00

Kasimov Oybek Omilovich

Vazirning birinchi o'rinbosari

Chorshanba

9:00-12:00

Turdiev Farhod Karimivich

Vazir o'rinbosari

Payshanba

9:00-12:00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa