O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
Manzil:


100035, Toshkent shahri, Niyozbek yo’li ko’chasi, 1

Telefon: +99871 234-11-03
Veb sayt:
E-mail info@mjko.uz
Hudud Manzil Telefon E-mail
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg`ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri
Funksiyalar Vazifalar


a) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish sohasida:



jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganishni tashkil qiladi, iste’mol ehtiyojlari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish istiqbollarini inobatga oladigan ijtimoiy-iqtisodiy prognozlarni tuzadi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va shu asosda tarmoq va tarmoqlaro hamkorlikni shakllantiradi;



iste’molchilarni uy-joy kommunal xizmatlar bilan ta’minlash darajasini oshirish, energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hisobga olinib, ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha davlat va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir kompleks investitsiya dasturlari, shuningdek, hududlarning kommunal infratuzilmasini yanada rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;



manfaatdor vazirliklar va idoralar, joylardagi ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlarni bajarish orqali uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga investitsiya kiritish uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda energiya samaradorligini oshirishga oid vazifalarni hal etish uchun uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga investitsiya jalb qilish choralarini ko‘radi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish tizimini isloh qiladi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat siyosatini yuritadi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga rahbarlik qiladi, tegishli hududiy tarkibiy bo‘linmalar orqali uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish ob’ektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini uslubiy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlarning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish ob’ektlaridan texnik jihatdan foydalanish qoida va normalari bajarilishini nazorat qiladi;



Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarning aholi, ijtimoiy soha ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqlariga uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish barqarorligini ta’minlashga doir ishlarini tashkil etadi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarining barqaror faoliyatini, respublika hududida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishga oid normativ talablarga rioya etilishini ta’minlaydi;



hamkorlikning turli shakllari, chunonchi, davlat-xususiy sheriklikdan foydalangan holda, yangi boshqaruv uslublarini ishlab chiqadi va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga, xususan, ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasiga, shu jumladan qishloq joylarda joriy etishni ta’minlaydi;



tijorat banklari, davlat jamg‘armalari va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish orqali qishloq joylarda uy-joy kommunal infratuzilma ob’ektlari qurilishini moliyalashtirishning yangi sxemalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda joriy etadi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarining texnik-iqtisodiy holati ko‘rsatkichlarini monitoring qiladi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirishga qaratilgan investitsiyaviy va ilmiy-texnik siyosatni amalga oshiradi;



joylardagi ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ko‘p xonadonli uylarning saqlanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining barqaror ishlashi, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish istiqbollari masalasi yuzasidan o‘zaro hamkorlik qiladi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ishlab chiqarishni monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;



suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti tashkilotlari, «Ta’mirlash-tiklash xizmati» va «Yagona hisob-kitob markazi» DUK faoliyati samaradorligining iqtisodiy normativlarini (ko‘rsatkichlarini) tasdiqlaydi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona iqtisodiy, texnik va hisob siyosatini yuritadi, tashkilotlar ishlari samaradorligini atroflicha tahlil qilish jarayoniga metodologik rahbarlik qiladi;



joylardagi ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xo‘jalik mexanizmi va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini yaxshilash bo‘yicha iqtisodiy vositalar va rag‘batlar ta’sirini kuchaytirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish choralarini ko‘radi;



O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini samarali boshqarishni ta’minlaydi;



respublika aholisini uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini (takliflari, arizalari va shikoyatlarini) qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va zarur choralar ko‘radi, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qiladi, ularning murojaatlari bilan bog‘liq ishlar holatini tahlil qiladi, aholi bilan yashash joyida ishlashni tashkil qiladi;



Vazirlik tashkilotlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilsiz holatlar, avariya va yong‘inlarning oldini olish tadbirlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;



o‘z vakolati doirasida davlat mulkini boshqaradi va tasarruf etadi;



b) ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va ulardan foydalanish tizimini kompleks rivojlantirish va takomillashtirish sohasida:



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish borasida ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar bozorini rivojlantirish imkonini beradigan amaliy vertikal tizimni yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni o‘z vaqtida amalga oshirish borasida kompleks tadbirlarni ta’minlaydi;



mavjud uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yangilarini tashkil qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondidan sifatli foydalanish va unda ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish uchun Vazirlik hududiy bo‘linmalari huzuridagi «Ta’mirlash-tiklash xizmati» DUK faoliyatini muvofiqlashtiradi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlar doirasida loyihadan avvalgi va loyiha hujjatlari uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;



investitsiya dasturlarining loyiha-smeta hujjatlarining va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining, jumladan xalqaro moliya tashkilotlari kreditlarini jalb etgan holda o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlaydi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va bu boradagi ishlarni amalga oshirishga doir manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlaydi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish choralarini ko‘radi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish doirasida jalb qilingan buyurtmachilar va loyiha tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtiradi;



o‘z vakolati doirasida uy-joy munosabatlari sohasiga oid masalalar, jumladan yashash mumkin bo‘lgan inshootlardan foydalanish qoidalarini tartibga soladi;



ko‘p xonadonli uyda bino mulkdorlarining umumiy mulkiga nisbatan energiyani tejash va energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarni belgilaydi;



aholini ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va bunday boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida axborot bilan ta’minlaydi;



aholi uchun arzon ko‘p xonadonli uylar qurish, aholi punktlarida joylashgan ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida davlat boshqaruvi organlari va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;



ko‘p xonadonli uyda bino mulkdorlarining umumiy mulkini saqlash, foydalanish va uning energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlar ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlaydi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondining turar joy binolarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;



ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida joylardagi ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;



v) ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish sohasida:



aholining, ayniqsa, qishloq joylarda toza ichimlik suvdan foydalanishini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;



tasdiqlanadigan dasturlar doirasida Vazirlikning suv ta’minoti tashkilotlari ishtirokida mavjud suv o‘tkazish va kanalizatsiya inshoot va tarmoqlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni amalga oshiradi;



suv ta’minoti tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashina va mexanizmlar, ta’mirlash-foydalanish va o‘lchash texnikasi bilan jihozlashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;



ichimlik suvni ishlab chiqarish va texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq uning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya va suvni tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;



suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishning bozor tamoyillariga mos mexanizmlarini joriy etadi;



suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini, ularning xizmatlari uchun narx belgilash tartibini takomillashtirishni ta’minlaydigan sharoitlar yaratadi;



hududlararo suv quvurlari tarmog‘ini rivojlantirish masalasida yagona texnika siyosatini shakllantiradi va yuritadi, hududlararo suv quvurlari tarmog‘i faoliyatini muvofiqlashtiradi, ulardan samarali foydalanish, ularni ishonchli va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;



suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha manzilli dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi;



respublika hududida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi ob’ektlarini loyihalashtirish, qurish, rivojlantirish va rekonstruksiya qilishda yagona siyosat yuritadi;



O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasining suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini, shu jumladan ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanib loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish borasidagi ishlarida ishtirok etadi;



aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini inobatga olgan holda, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirishning hududiy sxemalarini ishlab chiqadi;



suv quvurlari va kanalizatsiya inshootlarida energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;



markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini har bir aholi punkti bo‘yicha va umuman, suv ta’minoti tashkilotlari bo‘yicha pasportlashtiradi hamda pasportlashtirish natijalari asosida muntazam yangilanadigan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;



ichimlik suv ta’minotiga ulangan barcha toifadagi iste’molchilar uchun zamonaviy hisobga olish priborlarini bosqichma-bosqich o‘rnatish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ning amalga oshirilishini ta’minlaydi;



O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining yerosti kafolatlangan ichimlik suv manbalari bo‘yicha xulosasi mavjud bo‘lganda, suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha hujjatlarining, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish uslublarini joriy qilish, loyihaga oid maqbul texnik yechimlarni qo‘llash borasida texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;



O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, loyiha-qidiruv ishlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;



Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilishga doir dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi;



g) issiqlik ta’minoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish sohasida:



gelioqurilmalarni qo‘llash hisobga olingan holda mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, samarali mahalliy qozonxonalarni qurish, markaziy qozonxonalarni, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish borasida respublika issiqlik ta’minotini rivojlantirish dasturlarini amalga oshiradi;



issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;



ko‘p xonadonli uylar, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarda energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi;



jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiladi hamda almashtiradi;



energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, abonentlarni, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va to‘lovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilish tadbirlarini amalga oshiradi;



issiqlik ta’minoti tizimida noishlab chiqarish xarajatlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va issiqlik energiyasini yetkazib berish, taqsimlash hamda iste’mol qilishda me’yordan ortiq yo‘qotishlarni kamaytirish hisobidan sarf-xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan yagona texnik va tarif siyosatini amalga oshiradi;



O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, loyiha-qidiruv ishlari, issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;



markaziy qozonxonalar, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini hamda mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish sohasida ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;



O‘zbekiston Respublikasi hududida energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonxonalar, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlari, shuningdek, quyosh kollektorlari (gelioqurilmalar) ishlab chiqarishni tashkil qilish va foydalanishga joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;



d) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida:



axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar faoliyatiga joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida yagona mijozlar bazasi, hisob-raqamlarni qo‘yish va to‘lash tizimini, shuningdek, tashkilotlar balansida faoliyat natijalarini avtomatik ravishda aks ettirishni o‘z ichiga olgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish tadbirlarini amalga oshiradi;



uy-joy kommunal sohada interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini muntazam monitoring qilib boradi, Internet va mobil aloqa tarmoqlari orqali yuridik va jismoniy shaxslarga interfaol xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish choralarini ko‘radi;



uy-joy kommunal sohada tarmoq dasturiy mahsulotlari, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi;



«Elektron hukumat» tizimida Vazirlikning axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazasining integratsiyalashuvini ta’minlaydi;



Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilot va korxonalar faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur kompleks choralarni amalga oshiradi;



Respublika aholisini ommaviy axborot vositalari va jahon Internet axborot tarmog‘i orqali uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyati haqida muntazam xabardor qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;



aholiga ko‘p xonadonli uylarni boshqarish sohasida faoliyat yuritadigan tashkilotlar to‘g‘risidagi axborotni Internet tarmog‘ida e’lon qilish orqali taqdim etish bo‘yicha dasturiy mahsulotni joriy etadi;



yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan bog‘liq ishlar holatini tahlil qiladi, interfaol «samarali aloqa» va «virtual qabulxona» mexanizmini joriy qiladi;



Vazirlikning yagona dispetcherlik xizmati va hududiy bo‘linmalar dispetcherlik xizmatlarining samarali ishlashini tashkil qiladi;



ye) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda o‘quv stajirovkalarini o‘tkazishni hisobga olib, Vazirlik tashkilotlarining kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojini o‘rganadi;



«Kommunalo‘quv» o‘quv-metodik markazi» DUKda xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkatlari rahbarlarini tayyorlaydi va ularga o‘qiganligi haqida tegishli sertifikat beradi;



j) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish sohasida:



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyatni tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi:



belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etadi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari dasturlarini, shuningdek, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ayrim loyihalarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va kelishadi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida hisobga olish, monitoring qilish va hisobotdorlikni amalga oshirish uchun namunaviy hujjatlarni (formulyarlar, reyestrlar, dalolatnomalar va boshqalarni) belgilangan tartibda ishlab chiqadi va kelishadi;



Vazirlik tashkilotlari faoliyati samaradorligining iqtisodiy va texnik normativlarini (ko‘rsatkichlarini) tasdiqlaydi, ushbu normativlarni sinab ko‘rish borasida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona iqtisodiy siyosat, yagona hisobga olish siyosatini yuritadi hamda tashkilotlarga uslubiy rahbarlik qiladi va ularning faoliyati samaradorligini tahlil etadi;



z) xalqaro hamkorlik sohasida;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning muhim muammolarini hal etishda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi va kengaytiradi;



Vazirlikka yuklangan vazifalar doirasida yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish uchun mas’ul vakolatli davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro ilmiy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish tadbirlarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va amalga oshiradi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida eng yaxshi xorijiy boshqaruv, texnik xizmat ko‘rsatish amaliyoti va yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan tanishish maqsadida tajriba almashish tadbirlarini ishlab chiqadi;



O‘zbekiston Respublikasining Vazirlik vakolatiga kiritilgan xalqaro shartnomalarini amalga oshirish choralarini ko‘radi;



O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qonunchilikda belgilangan holatlarda xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari tuzadi;



xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari va donor-mamlakatlar bilan ularni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish bo‘yicha istiqbolli va joriy hamkorlik dasturlarini shakllantirish takliflarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tayyorlaydi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy investorlar ishtirokida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun taqdim etiladigan xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining texnik ko‘maklashish mablag‘laridan (grantlaridan) foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlaridan texnik, gumanitar, beg‘araz va boshqa yordam olishni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi;



yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda soha mutaxassislarini qayta tayyorlashni tashkil qiladi.


  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

  • ko‘p xonadonli arzon uylar qurish bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash, ko‘p xonadonli arzon uylar, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’ektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkil etish;

  • ko‘p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish;

  • xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va foydalanish xarajatlarini aniqlash bo‘yicha talablarga, ko‘p xonadonli uylarni texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalariga, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

  • suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta’minlash;

  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlarini zamonaviy hisoblash o‘lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini ta’minlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo‘llash;

  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, o‘quv stajirovkalarini chet ellarda o‘tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish.

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

Saliyev Muzaffar Khaldarbayevich

Vazir Chorshanba

08:00-11:00

Azimov Dilshod Sur’atovich

Vazirning birinchi o'rinbosari

Juma

08:00-11:00

Xaydarov Taxir Abidjanovich Vazir o'rinbosari Payshanba 08:00-11:00

Nazirov Nazirjon Taxirdjanovich

Vazir o'rinbosari

Dushanba

08:00-11:00

Djamalov G'ofur Oribjanovich Vazir o'rinbosari Seshanba 08:00-11:00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa