O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Manzil:


100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Istiqlol ko`chasi 51-uy

Telefon: +99871 238-5100
Veb sayt: www.mfer.uz
E-mail secretary@mfer.uz
Hudud Manzil Telefon E-mail
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg`ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri
Funksiyalar Vazifalar

  • davlat boshqaruv organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

  • O'zbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqishda, tashqi savdo, valyuta balansining asosiy indikatorlari parametrlarini shakllantirishda hamda mamlakatning valyuta, bojxona-tarif va soliq siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;

  • teng sheriklik va kamsitmaslik printsiplariga asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkin va teng huquqli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda qatnashadi;

  • tovarlar, shu jumladan qishloq xo'jaligi mahsulotlari, to'qimachilik tovarlari, fuqaro aviatexnikasi bilan xalqaro savdo qilish, xizmatlar ko'rsatish, intellektual mulk obyektlari bilan xalqaro savdo qilish, davlat haridlarini, yuklab jo'natishdan oldingi inspektsiyani amalga oshirish, tashqi savdoda sanitariya, fitosanitariya va texnik chora-tadbirlarning qo'llanishi sohasida davlat siyosati o'tkazilishi bilan bog'liq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

  • tizimli tahlilni amalga oshiradi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda investitsiya muhitini yaxshilashga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalar jalb etishni faollashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

  • iqtisodiyotni va eksport salohiyatini rivojlantirishni ta'minlaydigan investitsiyalarni jalb etish sohasida xalqaro moliya institutlari va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yo'nalishlariii tanlash bo'yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

  • O'zbekistonning tashqi savdosi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;


  • tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini, eksportni rag'batlantirishni, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashni ta'minlash;

  • tovarlar (sarmoyalar, xizmatlar) jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tashqi va ichki sotish bozorlarining istiqbolliligi va samaradorligini hisobga olgan holda ularning holati va rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlar o'rnatilishiga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga ko'maklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining huquq va manfaatlarini ta'minlash;

  • O'zbekiston Respubdikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan o'zaro foyda ko'rish asosida savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta'minlash;

  • qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga ko'maklashish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish,

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

Ganiev Elyor Majidovich

Vazir Shanba

11:00-12:00

Tulyaganov Shavkat Abidjanovich

Vazir o'rinbosari

Shanba

11:00-12:00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa