O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Manzil:


100047, Toshkent shahri, Istiqlol ko`chasi, 47

Telefon: +99871 233-5414; 233-9028
Veb sayt: www.uzbektourism.uz
E-mail info@uzbektourism.uz
Funksiyalar Vazifalar

  • O'zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning asosiy strategik yo'nalishlarini ishlab chiqadi;

  • turizmni rivojlantirish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

  • turistik faoliyatni litsenziyalash bo'yicha ishchi organ funksiyasini amalga oshiradi;

  • "Turizm to'g'risida"gi Qonunga muvofiq turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;

  • turizm sohasida statistik hisobot tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • turizm sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi;

  • tahliliy ishlarni amalga oshiradi va respublikada turizmni rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari va prognozlarini belgilaydi;

  • turizmni rivojlantirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi hamda maqsadli,

    tarmoq va mintaqaviy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirishni tashkil qiladi;

  • turistik xizmatlarning amalga oshirilishini reklama-axborot bilan ta'minlash faoliyatini amalga oshiradi;

  • xorijiy davlatlarning milliy turistik ma'muriyatlari va ularning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

  • Jahon turizm tashkiloti hamda turizm bilan bog'liq boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlaydi, ularda respublika manfaatlarini ifodalaydi;

  • turizm industriyasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish ishlarida qatnashadi;

  • turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi;

  • tashqi bozorda O'zbekiston Respublikasi manfaatlariga rioya etilishini tahlil qiladi hamda uning asosida turizm sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;

  • turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha xalqaro dasturlarni amalga oshiradi.


  • turizm sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini ta'minlash, turistik xizmatlar infratuzilmalarini shakllantirishga ko'maklashish;

  • turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, turistlarning muhofaza qilinishini va xavfsizligini ta'minlash dasturlarini amalga oshirish, turistik faoliyatni tarmoqlararo va mintaqalararo muvofiqlashtirish; turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish;

  • turizm sohasida reklama-axborot siyosatini amalga oshirish; turizmni rivojlantirish sohasiga xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikning uzoq muddatli dasturlarini rivojlantirish; turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, turizm tarmoq fanini rivojlantirishga ko'maklashish.

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

Sharopov Anvar Qurbonovich

Rais
Rais o'rinbosari Seshanba, Payshanba

18.00-19.00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa