Toshkent shahar Hokimligi yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
Manzil:


Toshkent shahar Amir Temur ko'chasi 1 tor ko'cha 6.

Telefon: +99871233-34-87
Veb sayt: www.deptrans.uz
E-mail info@deptrans.uz
Funksiyalar Vazifalar


DEPARTAMENTNING FUNKTSIYALARI;



  • Toshkent shahrida yo’lovchi transporti barcha turlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • shaharda yo’lovchi tashishning yagona buyurtmachisi vazifasini bajaradi, yo’lovchilar oqimi bo’yicha marketing tadqiqotlari olib borish asosida avtobus va mikroavtobus yo’nalishlarining zarur miqdorini belgilaydi, yo’nalishli va yengil avtomobil taksilarning maqbul sonini, shuningdek shahar elektr transporti va metropoliten harakati yo’nalishlari bilan uzviy bog’lagan holda asosiy yo’lovchilar oqimlarini tartibga soladi, yo’nalishlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

  • Toshkent shahrida avtomobil transportida yo’lovchilar tashish faoliyatiga litsenziya beradi;

  • shahar yo’lovchi tashish yo’nalishlarini joylashtirish bo’yicha ochiq tenderlar tashkil qiladi va o’tkazadi, tender g’oliblari bilan yo’nalishda shahar transportida yo’lovchilar tashish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish yuzasidan kontraktlar tuzadi;

  • yo’lovchi tashuvchilar tomonidan yo’lovchilar tashish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha yo’nalishda nazoratni amalga oshirish;

  • "Toshshahartransxizmat" uyushmasi taqdimnomasiga binoan transport tashkilotlarining yo’lovchilar tashish rejasini kelishib oladi;

  • Toshkent shahrida yo’lovchi transportini rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;

  • xalqaro normalarni hisobga olgan holda shaharda yo’lovchilar tashish faoliyatini tartibga solish standartlari, qoidalari, shakllari va metodlari bo’yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini shakllantiradi;

  • transport harakatini muvofiqlashtirishni va uning bir maromda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, shuningdek yo’lovchi tashuvchilarning yo’nalishlarda harakatlanishga rioya etishlarini nazorat qilish uchun shaharda yo’lovchilar tashuvlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni tashkil qiladi;

  • Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda, O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan kelishgan holda yo’lovchi transportida yo’l haqi tariflarini shakllantiradi;

  • Yer usti yo’lovchi transportining barcha turlari uchun (taksidan tashqari) yo’l chiptalari, kartochkalar, shuningdek fuqarolarning ayrim toifalari uchun avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar va metroda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlarning yagona shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, yo’l kartochkalari miqdori va turlarini, shuningdek yo’l kartochkalarini tarqatuvchi korxonalar ro’yxatini kelishadi;

  • harakatdagi tarkib parkini yangilash, xizmatning normativ amortizatsiya muddatida yuqori darajada faol foydalanishni hisobga olgan holda transport vositalarining o’z xarajatlarini o’zi qoplashi bo’yicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshirish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini ishlab chiqishda yo’lovchi tashuvchilarga metodologik va konsultativ yordam ko’rsatadi;

  • yo’lovchi tashuvchilarning belgilangan shakllar bo’yicha hisobotlarini yig’ish va umumlashtirishni tashkil qiladi, yo’lovchi tashuvchilarning transportdan foydalanish va moliya-xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini, ular tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini tahlil qiladi, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga hamda Toshkent shahar hokimligiga zarur hisobotlarni taqdim etadi.


DEPARTAMENTNING ASOSIY VAZIFALARI ;



  • barcha transport turlari harakatini muvofiqlashtirish, yo’nalishlar tarmog’ini tartibga solish va maqbul holga keltirish, litsenziyalar berish va yo’lovchi tashish yo’nalishlarini qat’iy tender asosida belgilash huquqiga ega bo’lgan holda shaharda yo’lovchi tashish bo’yicha buyurtmachi funktsiyalarini bajarish;

  • raqobat muhitini vujudga keltirish va barcha yo’lovchi tashuvchilar, shu jumladan, xususiy yo’lovchi tashuvchilar uchun transport xizmatlari bozorida teng sharoitlar yaratish, jamoat transporti ishi natijasi va samaradorligini baholash;

  • Toshkent shahar hokimligiga shahar avtobus va elektr transportida yo’lovchilar tashishga cheklangan tariflar belgilash bo’yicha moliya organlari bilan kelishilgan takliflar kiritish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;

  • Toshkent shahrida yo’lovchilar tashishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish, shu jumladan, yerusti yo’lovchi transportida yo’l haqi to’lash hisob-kitobi tizimini avtomatlashtirish va shahar yo’lovchi transporti harakat yo’nalishlarida nazorat o’rnatish.

F.I.Sh. Lavozim Hafta kunlari Vaqt

Aytubaev Zokir Sobirovich

Boshliq Dushanba

17:00 - 19:00

Aripdjanov Yusupjon Abidjanovich

Boshliq birinchi o’rinbosari

Seshanba
Payshanba

17:00 - 19:00

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa