"Mehnat huquqlari" - Biz turmush o’rtog’im bilan farzandli bo’lishni rejalashtiryapmiz va bu bilan bog’liq moliyaviy xarajatlarni hisoblab chiqishga xarakat qilyapmiz. Aytingchi, xomiladorlik va tug’ish nafaqasi qancha?

Mehnat kodeksining 286-moddasiga asosan homiladorlik va tug’ish nafaqasi homiladorlik va tug’ish ta’tilining butun davrida to’liq ish haqi miqdorida to’lanadi.

Ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi.

Homiladorlik va tug’ish ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug’ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan qat’i nazar ayolga to’liq beriladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa