"Mehnat huquqlari" - Bizning ishxonamizda slesar vafot etdi. Aytingchi, xodimning qarindoshlariga uning vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun nafaqa to’lanadimi?

Ha, to’lanadi. Mehnat kodeksining 288-moddasiga asosan, sug’urta qilingan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etganda qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan miqdor va tartibda dafn etish marosimi uchun nafaqa to’lanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 iyundagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida nizomning 2-bo’limiga muvofiq, dafn etishga nafaqa:

a) davlat pensiyasi oluvchi pensioner;

b) davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchi fuqaro;

v) xodim yoki uning qaramog’idagi oila a’zosi;

g) bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etganda yoki o’lik bola tug’ilganda (perinatal o’lim);

d) ish bilan band bo’lgan yoki band bo’lmagan shaxs, fuqarolarning ayrim toifalariga tegishli bo’lgan shaxs yoki bola vafot etgan taqdirda tayinlanadi.

Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida ko’rsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan tayinlanadi.

Ushbu Nizom 5-bandining “v” kichik bandida ko’rsatilgan shaxs vafot etganda nafaqa korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.

Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa