"Mehnat huquqlari" - 4 oy oldin ko’p qavatli turar joyimizning pod’ezdida yolg’iz pensioner vofot etdi. Men uni o’z hisobimdan dafn etdim. Yaqinda bunday holatlar uchun dafn etish marosimi uchun nafaqa tayinlanishini eshitdim. Men ushbu nafaqani olish uchun murojaat qilishim mumkinmi?

Ha, murojaat qilishingiz mumkin. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 iyundagi 174-son Dafn etishga nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida nizomga ko’ra, nafaqa uchun unga bo’lgan huquq yuzaga kelgandan keyin 6 oy mobaynida murojaat qilish mumkin.

Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda zimmasiga dafn etish majburiyatini olgan shaxsga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunning 63-moddasida belgilangan miqdorda nafaqa to’lanadi.

Nafaqa miqdori o’lim sodir bo’lgan kundagi, asosli sabablarga ko’ra (marhumni qidirish, jasadni xorijiy davlat hududidan olib kelish va boshqalar) marhum o’lim aniqlangan kundan kech dafn etilgan hollarda – ushbu holatni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida dafn etish kunida marhumning pensiyasi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Marhumni dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza nafaqa tayinlash uchun asos hisoblanadi:

•qonun hujjatlarida belgilangan tartibda FHDYO organi tomonidan berilgan o’lim to’g’risidagi guvohnoma nusxasi va o’lim to’g’risidagi ma’lumotnoma, qonun bilan belgilangan tartibda marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatning asl nusxasi;

•ariza beruvchi pasportining nusxasi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa