"Mehnat huquqlari" - Bizning korxonamizda mehnat nizolari bo’yicha komissiya tuzildi va u yerga ariza bilan murojaat qildim. Biroq, komissiya qarori ish beruvchi tomonidan bajarilmayapti. Ushbu masala yuzasidan kimga murojaat qilsam bo’ladi?

Mehnat kodeksining 266-moddasiga asosan, mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan o’n kunlik muddat o’tgandan keyin uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak.

Basharti ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo’lgan guvohnoma beriladi.

Agar xodim yoki ish beruvchi belgilangan muddat ichida tuman (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish to’g’risidagi ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi.

Mehnat nizolari komissiyasi bergan va olinganidan keyin ko’pi bilan uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etilgan guvohnoma asosida sud ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy tarzda ijro ettiradi.

Xodim belgilangan uch oylik muddatni uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborgan taqdirda, guvohnomani bergan mehnat nizolari komissiyasi o’tkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa