"Mehnat huquqlari" - Otamni o’z xohishiga qarshi ishdan bo’shatishdi. U qattiq siqildi va kasal bo’lib qoldi. Biz ishga tiklash to’g’risida ariza bilan sudga murojat qilmoqchimiz, lekin qonunchilikda hujjat topshirish uchun belgilangan muddat davomida otam kasal edi. Hujjat topshirish uchun bir oylik muddat o’tgan bo’lsa ham sudga ishga tiklash to’g’risida ariza berish mukinmi?

Ha, otangizni kasal bo’lgani uzrli sabab bo’lganligi uchun mumkin. Mehnat kodeksining 270-moddasiga asosan sudga yoki mehnatnizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:

·ishga tiklash nizolari bo’yicha – xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;

·xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to’lash haqidagi nizolar bo’yicha – zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo’lgan kundan boshlab bir yil;

·boshqa mehnat nizolari bo’yicha – xodim o’z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab uch oy.

Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Xodimning sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo’yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa