"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori?

Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 5-bandidagi “g” kichik bandiga muvofiq

tug‘ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to‘g‘risida, o‘lganlik haqida yozuvlarning o‘zgartirilganligi, ularga qo‘shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida davlat boji undiriladi

Shuningdek, 2012 yil 25 apreldagi “Gerbli guvohnoma shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 119-son qaroriga muvofiq yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa