"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari" - Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi qanday va qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Qoidalarning 160-bandiga asosan, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach turar joydagi FHDYo organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.

Qoidalarning 161-162-bandlariga asosan familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar:

“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga binoan;

sudning hal qiluv qarori asosida;

agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;

agar familiya va ism millatiga to‘g‘ri kelmasa;

xohishga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;

oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa);

16 yoshga to‘lgan shaxsga otalikni belgilashda ko‘rib chiqiladi.

Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;

agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;

agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;

ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirma;

agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;

1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurat.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa