Hujjat nomi
FARG'ONA VILOYATI QO'QON SHAHAR HOKIMINING QARORI
 To`liq ro'yxatga qaytish
Hujjat turiQaror
Hujjatni qabul qiluvchi tashkilotFarg'ona viloyati Qoqon shahar hokimligi
Hujjat muallifiFarg'ona viloyati Qoqon shahar hokimligi
Muhokama boshlanishi (sana)2016-10-17 10:51:10
Muhokama yakunlanishi (sana)2016-11-01 00:00:00
Hujjat ko'rinishiNHH loyihasi
Hujjatning joriy holatiMuhokama yakunlangan

FARG'ONA VILOYATI

QO'QON SHAHAR HOKIMINING

QARORI

“__”______ 2016 yil № _____ Qo'qon shahri

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini 2017 yilga band qilib qo'yish to'g'risida

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2017 yilga ish o'rinlarini band qilib qo'yish maqsadida O'zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida”gi Qonunining 17-moddasi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998 y., 5-6-son, 97-modda), “O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoyalash to'g'risida”gi Qonunining 25-moddasi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2008 y., 7-son, 353-modda), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini band qilib qo'yish tartibi to'g'risida”gi Nizom (O'zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari to'plami 2012 y., 44-son, 507-modda), O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida” gi Qonunning (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, 9-son, 320-modda) 6,25-moddalariga asosan

Q A R OR Q I L A M A N :

1. Shahardagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash bo'yicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxona, tashkilot va muassasalar ro'yhati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.


2. Qarorning 2-ilovasiga muvofiq xodimlarning ro'yhat bo'yicha o'rtacha sonidan 2261 nafarini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-sonli qarorining 3-bandiga muvofiq yolg'iz ota, yolg'iz ona hamda o'n to'rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo'lgan yolg'iz ota, yolg'iz ona va ko'p bolali ota-onalar uchun 3,2 foiz (92 nafar); ta'lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 28,2 foiz (655 nafar); muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilganlar uchun 3 foiz (72 nafar); nogironlar uchun 44 foiz (950 nafar); shahar Bandlikka ko'maklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 2 foiz (44 nafar); jazoni o'tash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni o'tayotgan yoki sud qaroriga ko'ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko'rilgan shaxslar uchun 13 foiz (298 nafar); ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1,8 foiz (39 nafar) miqdorida ish o'rinlari zahirasini belgilaydi. Safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 2,2 foiz (58 nafar). Kichik yoshli bolalari bo'lgan ishlamaydigan ayollar 1,6 foiz (32 nafar). Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan og'riyotganlar 1 foiz (21 kishi).

3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o'rinlari xodimlar tomonidan o'zlarining mehnat majburiyatlarini to'siqlarsiz bajarishini ta'minlaydigan sanitariya-gigiena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq bo'lishi kerak, shu jumladan: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-sonli qarorining 3-bandiga muvofiq yolg'iz ota, yolg'iz ona hamda o'n to'rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bor, ko'p bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo'yicha vazifalarni uyg'unlashtirish imkonini beradigan, o'zgaruvchan ish jadvaliga ega bo'lgan ish o'rinlari; ta'lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun – ularning kasb bo'yicha tayyorgarligiga muvofiq bo'lgan ish o'rinlari; muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilgan shaxslar uchun - ularning kasb bo'yicha tayyorgarligiga muvofiq bo'lgan ish o'rinlari; nogironlar uchun - mehnat sharoitlari attestatsiyadan o'tkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini to'sqinliksiz bajarish imkonini ( sog'lig'ining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid ko'rsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish o'rinlari; shahar Bandlikka ko'maklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun – maxsus malakani talab qilmaydigan ish o'rinlari; jazoni o'tash muassasalaridan bo'shatilgan, jazoni o'tayotgan yoki sud qaroriga ko'ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko'rilgan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar uchun – ularning kasb bo'yicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish o'rinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega bo'lmagan shaxslar uchun esa – maxsus malakani talab qilmaydigan ish o'rinlari.

4. Ish o'rinlari band qilib qo'yiladigan kasblar va lavozimlar: muhandislar, iqtisodchilar, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, o'qituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, o'tyoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bog'bon, qorovul.

5. Shahardagi mavjud korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini band qilib qo'yish tartibi to'g'risida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ko'rsatilgan ish o'rinlari tashkil etilishni ta'minlash; 2017 yil boshlangunga qadar o'n kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo'yilgan ish o'rinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish o'rinlari band qilib qo'yilishini va tayyor bo'lishini ta'minlab, bu to'g'rida shahar Bandlikka ko'maklashish markaziga yil boshlangungacha yozma ravishda axborot berish; ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o'rinlarining qolgan qismini band qilib qo'yish korxona, muassasa, tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta'minlab, bu to'g'rida shahar Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin o'n kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish; har chorakda shahar Bandlikka ko'maklashish markaziga yuqorida ko'rsatilgan toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishi to'g'risida “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini band qilib qo'yish tartibi to'g'risida”gi Nizom 2-ilovasiga muvofiq shakl bo'yicha axborot taqdim etish ta'minlansin. Band qilib qo'yilgan ish o'rinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhfazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shahslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarining tayyorgarligi to'g'risidagi axborotni tashkilot tomonidan taqdim etilmaganligiga va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qarashi lozimligi qayd etilsin.

6. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasa mansabdor shasxlariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini band qilib qo'yish tartibi to'g'risida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.

7. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo'yiladigan ish o'rinlarini shahar hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish o'rinlarini tashkil etishga sarflangan mablag'larning bir qismini Bandlikka ko'maklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka ko'maklashish markazi jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplash huquqiga egadir.

8. Shahar Bandlikka ko'maklashish markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi I.Radjapov tomonidan bir hafta muddatda ushbu qarorni korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari e'tiboriga etkazilsin va qarorning ijrosi ustidan nazoratni ta'minlansin.

9.Kichik biznes sub'ektlari www.may gov.uz saytiga kiritilsin.

10. Belgilansinki, ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

11.Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2015 yil kungi № 533-sonli qarori 2016 yil 31dekabrdan o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining o'rinbosari S.Raxmanaliev zimmasiga yuklatilsin.

Qo'qon shahar hokimi A.Abdullayev

Tadbir nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatiIjrochilar
1Aholi bandligini ta'minlashAholini ishga jonlashtirish25.10.2016Shahah bandlikka ko'maklashish markazi

So`rovnoma natijalari