Hujjat nomi
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish to’g’risida.
 To`liq ro'yxatga qaytish
Hujjat turiQaror
Hujjatni qabul qiluvchi tashkilotFarg'ona viloyati Quvasoy shahar hokimligi
Hujjat muallifiFarg'ona viloyati Quvasoy shahar hokimligi
Muhokama boshlanishi (sana)2017-10-10 12:52:04
Muhokama yakunlanishi (sana)2017-10-25 23:59:00
Hujjat ko'rinishiNHH loyihasi
Hujjatning joriy holatiMuhokama yakunlangan

“LOYIHA” “ ” _______ 2017yil № Quvasoy shahar

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini
band qilib qo’yish to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonunning 17-moddasiga(O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plamlari, 2013 yil, 41-son, 543-modda; va “O’zbekiston Respublikasida Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plamlari, 2013 y., 18-son,233-modda, Qonunning 25 moddasiga muvofiq hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 186-sonli qarori (O’zbekiston RespublikasiQonun hujjatlari to’plamlari, 2012 y., 44-son, 507-modda) ijrosini ta’minlash, shuningdek shaxarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo’lmagan shaxslarni 2017 yilda ishga joylashtirish uchun ish joylarini eng kam miqdorini ajratish, ko’shimcha ish joylari yaratish hamda ularni muhofaza qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi “Maxalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga asosan;

QA R O R QI L A M A N:

  1. Quvasoy shahri korxonalarida 2018 yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shahslar uchun band qilingan (kvota) ish joylarini taqsimoti bo’yicha, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilish maqsadida hududdagi korxona, tashkilot va muassasalarda hamda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda (bundan buyon korxona,tashkilot deb yuritiladi) ishlayotgan xodimlar soniga ko’ra, belgilangan eng kam ish o’rinlari miqdori 1-ilovaga, shaharda ish o’rinlari sonini va ularga qo’yiladigan talablarni belgilash bo’yicha maxsus komissiyaning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Ish o’rinlari band qilib qo’yiladigan kasblar va lavozimlar toifalari bo’yicha quyidagi umumiy tartiblarga asoslanishi shart:
yolg’iz ota, yolg’iz ona, 14 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalari bor ko’p bolali ota-onalar uchun – bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo’yicha vazifalarni uyg’unlashtirish imkonini beradigan, o’zgaruvchan ish jadvaliga ega bo’lgan ish o’rinlari;

ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun – ularning kasbi bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

muddatli xarbiy xizmatdan bo’shatilgan shaxslar uchun – ularning kasblari buyicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

nogironlar uchun – mehnat sharoitlari bo’yicha attestatsiyadan o’tkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini to’sqinliksiz bajarish imkonini (sog’lig’ining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid ko’rsatgichlar hisobga olingan holda) beradigan ish o’rinlari.

Bandlikka ko’maklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan, pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilmaydigan ish o’rinlari;

jazoni o’tash muassasalaridan bo’shatilgan, jazoni o’tayotgan yoki sud qaroriga ko’ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar ko’rilgan shaxslar uchun – ularni kasb bo’yicha tayyorgarligini hisobga olgan holdagi ish o’rinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega bo’lmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish o’rinlari;

safarbarlik chaqiruv zahirasiga kiritilgan shaxslar uchun – ularning kasbi bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

kichik yoshli bolalari bo’lgan ishlamaydigan ayollar uchun – ularning kasbi bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun – ularning kasbi bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

ijtimoiy axamiyatli kasalliklar bilan og’riyotgan shaxslar uchun
– ularning kasbi bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

3. Ushbu qarorning 2-bandida ko’rsatilgan toifaga mansub shaxslar uchun ish o’rinlari hodimlar tomonidan o’zlarining mehnat majburiyatlarini to’siqlarsiz bajarilishini ta’minlaydigan sanitariya-gigiena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq bo’lishi kerak.

4. Shahardagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muxofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ko’rsatilgan ish o’rinlar tashkil etilishini ta’minlasinlar;

10 kundan kechikmay band qilib qo’yilgan ish o’rinlari umumiy sonining kamida 25 foiz hajmida ish o’rinlari band qilib qo’yilishini va tayyor bo’lishini ta’minlasin hamda bu to’g’risida shahar Bandlikka ko’maklashish markaziga yil boshlangungacha axborot bersin.

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotan shaxslar uchun ish o’rinlarini qolgan qismini band qilib qo’yishni kalendar yilining birinchi choragi mobaynida ta’minlansin va bu to’g’risida shahar Bandlikka ko’maklashish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin
10 kundan kechikmay axborot bersin.

5. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda bajarmagan tashkilot, korxonalarning raxbar va ma’sul xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgust kungi 186-sonli qarorining 15-bandiga asosan “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to’g’risida”gi Nizomda ko’rsatilgan tartibda har bir barpo qilinmagan ish joyi uchun xodimning yillik o’rtacha ish haqi miqdorida jarima solinadi, ish joylarini yaratmaganlik uchun jarimani to’laganlik tashkilotni band qilib qo’yiladigan ish o’rinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.

6. Korxona va tashkilotlar tomonidan Nizomning 3-bandida ko’rsatilgan toifaga mansub bo’lgan shaxslarga bandlikka ko’maklashish markazi yo’llanmasi bo’yicha band qilib qo’yilgan ish o’rniga ishga joylashtirishni rad qilish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi.

7. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish sonidan ortiqcha ish o’rinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi jumladan;

shahar hokimligi o’z vakolati doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining belgilangan miqdori hisobiga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ortiqcha ish o’rinlari barpo etgan tashkilot, korxonalar uchun ishlab chiqarish uchastkalari (tsexlar) tashkil etish uchun noturar joy binolarini birinchi navbatda ajratiladi.

8. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qilinsin va shahar hokimligi rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.

9. Belgilansinki, ushbu qaror 2018yil 1yanvar kunidan boshlab kuchga kiradi.

10. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish shahar hokimining o’rinbosari O.Xomidov zimmasiga yuklatilsin.

Shahar hokimi: A.Ziyavitdinov




Tadbir nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatiIjrochilar
1Кувасой шахар хокимининг карор лойихасини ишлаб чикиш ва тасдикка киритишШахар хокими карор лойихаси ишлаб чикилади ва мухокамага киритилади2017 йил 1 ноябрга кадарШахар Бандликка кумаклашиш маркази

So`rovnoma natijalari