Hujjat nomi
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish kiritish haqida
 To`liq ro'yxatga qaytish
Hujjat turiNizom
Hujjatni qabul qiluvchi tashkilotO‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
Hujjat muallifiO‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
Muhokama boshlanishi (sana)2015-02-20 14:38:31
Muhokama yakunlanishi (sana)2015-03-07 00:00:00
Hujjat ko'rinishiNHH loyihasi
Hujjatning joriy holatiMuhokama yakunlangan

Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish kiritish haqida

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O’zbekiston Respublikasi «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuni 7-moddasi va «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:

1. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 10 martdagi 2008-16, 300-V-son qarori (ro’yxat raqami
1788, 2008 yil 9 aprel) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami,
2008 yil, 14-15-son, 112-modda) bilan tasdiqlangan Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomning 2-ilovasi ilovada keltirilgan tahrirda bayon etilsin.

2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Tadbir nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatiIjrochilar
1Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishDavlat soliq qo’mitasi va Markaziy bank boshqaruvining qarori loyihasini ishlab chiqish2015-02-19Davlat soliq qo’mitasi
2Yagona portalga normativ-huquqiy hujjat loyihasini joylashtirishYagona portalda: muhokama o’tkazilishi to’g’risida xabarnomani; jadvalni; normativ-huquqiy hujjat loyihasini; muhokama ishtirokchilari uchun so’rovnomani joylashtirish2015-02-20Davlat soliq qo’mitasi
3Normativ-huquqiy hujjat loyihasini muhokamadan o’tkazishNormativ-huquqiy hujjat loyihasi bo’yicha takliflarni taqdim etish2015-02-20 - 2015-03-07Davlat soliq qo’mitasi, Yagona portal foydalanuvchilari
4Normativ-huquqiy hujjat loyihasini takliflar asosida qayta ishlashTushgan takliflarni umumlashtirish va ko’rib chiqish. Tushgan takliflar qabul qilingani to’g’risidagi axborotni yoki rad etishning asoslantirilgan sababini YAgona portalga joylashtirish2015-03-07 - 2015-03-14Davlat soliq qo’mitasi
5Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishishNormativ-xuquqiy xujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborish2015-03-16 - 2015-03-31Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank
6Ishlab chiqilgan normativ-xuquqiy xujjatni tasdiqlash uchun kiritishIshlab chiqilgan normativ-xuquqiy xujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etish2015-04-01Davlat soliq qo’mitasi

So`rovnoma natijalari

Fikringizcha, taklif qilinayotgan loyiha qanday muammoni hal etishga qaratilgan? Ushbu muammo bugungi kunda ham dolzarbmi?Bu hech qanday muammoni hal qilmaydi! Bu shunchaki qog'ozbozlikdan boshqa narsa emas!
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi davlat aralashuvi zaruratini talab qiluvchi omillarni qanchalik to’g’ri aniqlagan? Taklif etilayotgan tartibga solishning maqsadi tartibga solish orqali hal etilishi lozim bo’lgan muammo bilan qanchalik bog’liq? Sizning fikringizcha, normativ-huquqiy tartibga solish uning oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishadimi?Qonunga ko`ra xronometraj natijasi tadbirkordan xronometrajda ko`rsatilgan summani talab qilish huquqini bermaydi. Amalda esa soliqchilar tadbirkorlarga xronometraj natijalarda aniqlangan summani talab qilishadi!
Muammoni hal etishning tanlangan yo’li maqbulmi (shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari uchun foydasi va zarari nuqtai nazaridan)? Davlat tomonidan tartibga solishdan ko’zlangan maqsadga erishishning boshqacha varianti mavjudmi? Agar mavjud bo’lsa, ulardan, Sizningcha, yanada kam xarajatlisi va (yoki) samaralirog’i bormi?Maqbul emas! Davlat naqd va naqdsiz pul o`rtasidagi farq(hozirgi kunda80/20,85/15,90/10)ni yo`qotsa 100% ishonamanki ushbu hujjatni keragi ham bo`lmaydi!
Sizningcha, taklif etilayotgan tartibga solish qaysi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga daxldor (sub’ektlar turlari va sohalar bo’yicha, Sizning shahar yoki viloyatingizdagi, tumaningizdagi soni)?Menimcha biznes sohasidagi hammaga daxldor!
Taklif etilayotgan tartibga solishni joriy qilish sohadagi raqobat muhitiga o’z ta’sirini ko’rsatadimi, sohada kuchlar taqsimotining asossiz ravishda o’zgarishiga olib keladimi? Agar o’zgartirsa, qanday qilib? Imkoniyat darajasida miqdoriy ko’rsatkichlarni keltirib o’tingfaqat naqd pulda savdo qiladigan tadbirkorlar zarar ko`rishi mumkin! Sababi ular bankka topshirgan pulini naqd ololmaydi!
Davlat tomonidan tartibga solish sub’ektlarining majburiyatlari, javobgarligi qanchalik to’liq va aniq ifodalangan, shuningdek mas’ul davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan ma’muriy tartibotlar qanchalik tushunarli yozilgan, hokimiyat funktsiyalari va vakolatlari qanchalik aniq va har xil, tushunilmaydigan tarzda yozilganligiga baho bering. Taklif etilayotgan normalar boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq emas yoki zid deb o’ylaysizmi? Agar shunday bo’lsa, bunday normalar va normativ-huquqiy hujjatlarni ko’rsatib o’ting.Xronometraj natijasiga ko`ra tadbirkorga pul tushumi planini qo`yish menimcha hech qaysi qonunda ko`rsatilmagan!
Taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korruptsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar bormi?Menimcha yo`q
Sizningcha, mazkur normativ-huquqiy hujjat loyihasida belgilanayotgan talab va normalar ijrosini nazorat qilish bilan bog’liq qanday muammo va qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin? Unda tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilish mexanizmi nazarda tutilganmi?Bu hujjatda umuman tadbirkorning huquqi ko`rsatilmagan!
Taklif etilayotgan tartibga solish kuchga kirishi uchun o’tish davri talab qilinadimi (agar talab qilinsa, uning muddati qancha), yangi tartibga solish kiritilishida muddat bo’yicha qanday cheklovlarni inobatga olish lozim?5 yil
Sizningcha, ayrim guruh shaxslariga nisbatan tartibga solishni joriy etishda qanday istisnolarni qo’llash maqsadga muvofiq? Tegishli asoslarni keltirib o’tingBankdan kredit olib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga
Vakolatli organ tomonidan aniqlashtirilishi zarur bo’lgan ko’rib chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining aniq qoida va normalariga oid maxsus savollar.shu hujjat bugungi kungacha qanchalik samara berdi?
Tartibga solish ta’sirini baholash doirasida, Sizning fikringizcha, inobatga olinishi maqsadga muvofiq bo’lgan boshqa taklif va e’tirozlar
JavobУрнатилган тартибда куриб чикиш учун кабул килинди