Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatdan o’tkazganlik, gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yig’imi va FHDYo organlari tomonidan jismoniy shaxslarga ko’rsatiladigan pullik xizmatlar uchun to’lov miqdorlari
Harakat turlari To’lov miqdori
1. Nikohni qayd etish eng kam ish haqining 20%
2. Nikohdan ajralganlikni qayd etish:
2.1 voyaga yetmagan bolalari bo’lmagan er-xotinlarning o’zaro roziligi bo’yicha eng kam ish haqining 150%er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan
2.2 agar er-xotin birinchi nikohda bo’lsa, sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 150% dan 300% gacha(er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan)
2.3 er-xotindan biri takroriy nikohda bo’lsa, sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 300% dan 400% gacha(er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan)
3. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o’zgartirilganlik eng kam ish haqining 50%
4. 18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o’zgartirilganlik eng kam ish haqining 100%
5. Tug’ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to’g’risida, o’lganlik haqida yozuvlarning o’zgartirilganligi, ularga qo’shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berish eng kam ish haqining 10%
6. Fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berish eng kam ish haqining 15%

Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yig’imi miqdorlari

Harakat turlari To’lov miqdori
1. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 apreldagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan gerbli guvohnomalarni (o’lim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) berish
  • Tug`ilganlik haqida guvohnoma;
  • Nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma;
  • Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma.
eng kam ish haqining 15%

Izoh: O’lim haqidagi gerbli guvohnoma berganlik uchun gerb yig’imi undirilmaydi.

FHDYO organlari tomonidan jismoniy shaxslarga ko’rsatiladigan pullik xizmatlar uchun to’lov miqdorlari

Harakat turlari To’lov miqdori
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish va ularga tegishli o’zgartirishlar kiritishning quyidagi masalalari bo’yicha tushuntirishlar berish:
  • nikohdan ajratish;
  • tug’ilganlik haqida dalolatnoma yozuvlarini tiklash;
  • familiya, ism va ota ismini o’zgartirish.
eng kam ish haqining 10%
2. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog’liq bo’lgan arizalarni to’ldirishda yordam ko’rsatish eng kam ish haqining 2%
3. Nikoh tuzilishi munosabati bilan joyiga chiqqan holda tantanali marosimni o’tkazish (transport xarajatlarini hisobga olmasdan) eng kam ish haqining 100%
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa