XABARNOMA!!! 2016-yilning 12-sentabridan boshlab Yagona portal orqali murojaatlarni yuborishda ERI (elektron raqamli imzo) dan foydalanish majburiy etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yozish, ko’paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Talabgorning arizasiga ko'ra litsenziya besh yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan e'tiboran hisoblanadi.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Yuridik shaxslar.

Tashkilot

O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi

Bog`lanish

Manzil: 100000, Toshkent sh., Mustaqillik, 59


Telefon: (998 71) 232-50-50


Fax: (998 71) 232-50-05


Web-sayt: www.ima.uz


Е-mail:info@ima.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Litsenziya berish to'g'risida ariza, unda quyidagilar ko'rsatiladi:



  • yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank nomi va bankdagi hisob-kitob raqami; litsenziya beriladigan faoliyat turi (yoxud uning bir qismi);

  • yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;

  • litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan binolar va xonalarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjat;

  • tuzilgan shartnomalar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining xulosasi;

  • litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan binolar va xonalarning yong'in xavfsizligi talablari va sanitariya normalariga mos kelishi haqida yong'in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari xulosalarining nusxalari;

  • ariza ko'rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig'im to'langanligini tasdiqlaydigan hujjat.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi "O'zbekiston Respublikasining «Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida» 2011 yil 26 dekabrdagi O'RQ-312-son qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 72-son qarori


Xizmat narxi va to`lash tartibi


Litsenziya talabgori arizasi ko'rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida to'lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig'im undiriladi.



Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyat turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berilganligi uchun to'lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o'n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o'ttiz kundan ortiq bo'lmagan muddatda qabul qilinadi.



Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o'n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda hujjatlarni ko'rib chiqadi, ular bo'yicha ekspertiza xulosasi tayyorlaydi va taklifini taqdim etadi.



Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o'n besh kundan ortiq bo'lmagan muddatda hujjatlarni ko'rib chiqadi, ular bo'yicha ekspertiza xulosasi tayyorlaydi va taklifini taqdim etadi.

Natijani olish usullari


Shaxsan.

Xizmat natijasi


Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko’paytirish va sotish faoliyatini yuritish bo'yicha lisenziyasi.

Rad etish sabablari


Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi


Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror, shuningdek mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



Litsenziya berish rad etilishi to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to'g'risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko'rsatib o'tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko'rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).



Litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa