Davlat tashkilotlari veb-saytlarini qonun talablariga mosligini ekspertizadan o’tkazish
Xizmatdan foydalanish Tanlangan xizmatlarga qo`shish

Xizmat haqida


Davlat tashkilotlari rasmiy veb-saytlari qonun talablariga mosligini ekspertizadan o’tkazish.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Aloqa va axborot texnologiyalari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi


Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Tashkilot

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi

Bog`lanish

Manzil: 100015, Toshkent shahar, Mirabod tumani, Oybek ko’chasi, 30 uy;


Telefon: (+998 95) 194-92-05, (+998 71) 252-50-28;


Faks: (+998 71) 252-50-27;


E-mail: m&e@egov.uz

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar


Shaxsni bildiruvchi hujjat va shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlar.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabr 355-son «O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarori asosida ishlab chiqilgan «Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatin baholash metodikasi».



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 2007 yil 23 avgust 181-son qarori.



O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi tomonidan 2013 yil 16 oktyabrda 382-soli Buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Davlat muassasasi nizomi.






O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining «Interaktiv xizmatlarni sifatli va o’z vaqtida ko’rsatilishini ta’minlash va Davlat interaktiv xizmatlari yagona portali orqali jismoniy va yuridik shahslar murojaatlarini ko’rib chiqish haqida»gi 2013 yil 5 dekabr 466-son buyrug’i.

Xizmat narxi va to`lash tartibi


To’lov belgilangan ta'riflarga asosan amalga oshiriladi, xizmat qiymati shartnomada ko’rsatiladi.

Xizmatni ko`rsatish muddati


Xizmat ko`rsatish uchun tuzilgan shartnomada bajarish muddatlari ko’rsatib o’tiladi.

Natijani olish usullari


Shaxsan, pochta va elektron pochta orqali.

Xizmat natijasi


Ekspertizadan so’ng murojaat etuvchiga ekspertlar kengashi xulosalari jo’natiladi.

Rad etish sabablari


So’ralgan hujjatlarning yo`qligi, xizmatga murojaatning to’g’ri kelmasligi.

Shikoyat arizasi berish tartibi


«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi rahbariyatiga yozma yoki og’zaki murojaat.

Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa